» » Koronavirus sabab qoldirilgan “Yuventus” — “Inter” uchrashuvi 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi

Koronavirus sabab qoldirilgan “Yuventus” — “Inter” uchrashuvi 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan “Yuventus” va “Inter” jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan bahs 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Football Italia’ning xabar qilishicha, A Seriya klublari va Italiya futbol federatsiyasi o‘zaro kelishgan holda o‘yinlarni 13-mayda emas mart oyida o‘tkazish qaroriga kelgan. Avvalroq koronavirus tufayli A Seriyaning beshta o‘yini 13-may sanasiga ko‘chirilgani xabar qilingandi.

Shu tariqa “Yuventus” — “Inter”, “Milan” — “Jenoa” va “Parma” — SPAL o‘yinlari 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi. “Sampdoriya” — “Verona” hamda “Udineze” — “Fiorentina” uchrashuvlari esa mos ravishda 7 va 8-mart sanalarida o‘tkaziladi. Katta ehtimol bilan mazkur bahslar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Buning natijasida qolgan tur o‘yinlarida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 27—29-mart kunlariga A Seriyaning 27-tur uchrashuvlari belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют