» » Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan Farg‘onaning “Ruxsor” radiosi xodimi kechirim so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan Farg‘onaning “Ruxsor” radiosi xodimi kechirim so‘radi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronavirus kasalligi Farg‘onaga kirib keldi”, mazmunidagi yolg‘on audio tarqatgan fuqaro aniqlanib, o‘zbekistonliklardan kechirim so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarmoqlarda asoslanmagan audiosi tarqalgan fuqaro Farg‘onadagi “Ruxsor” radiosining xodimi bo‘lib, u xabarni do‘stlariga hazillashib jo‘natgan. Biroq audio do‘stlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

Bu esa aholi orasida vahima va turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Yuqoridagi xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va aholi orasida tarqalib bo‘lgach jurnalist yolg‘on xabar tarqatganligi uchun xalqimizdan uzr suradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Sog‘liqni saqlash tizimida koronavirus infeksiyasi yangi turining O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish borasida qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari aniqlangan mamlakatlardan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarni karantin va izolyatsiyaga olish to‘g‘risida qaror chiqargani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralandi

Shuningdek, 4-mart, chorshanba kuni, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi OTMlar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida profilaktik chora va nazoratni kuchaytirish, tegishli sanitariya tadbirlarini amalga oshirish orqali murabbiy va talaba-o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror qabul qilingandi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi kurashish uchun har oy 89 million tibbiy niqob zarurligini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют