» » Qarshidagi maktabda 8-mart bahona 1-sinf o‘quvchilaridan 100 ming so‘mgacha pul yig‘ilmoqda

Qarshidagi maktabda 8-mart bahona 1-sinf o‘quvchilaridan 100 ming so‘mgacha pul yig‘ilmoqda


Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi — Qarshi shahridagi 11-maktabda 8-mart bahona 1-sinf o‘quvchilaridan o‘qituvchiga sovg‘a olish uchun pul yig‘ish boshlangan. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilardan 50—100 ming so‘mdan pul yig‘ilmoqda.

Ota-onalar suhbati yozib olingan audioyozuvda ta’kidlanishicha, 1-sinf o‘quvchilaridan savodxonlik bayrami hamda 8-mart bayramini o‘tkazish uchun 50 ming so‘mdan pul yig‘ilmoqda. Pul Dilfuza ismli o‘qituvchi uchun ekanligi aytiladi.

“Rus sinflar 100 ming so‘mdan pul yig‘ayotgan ekan, o‘zbek sinflarning ham ulardan kam joyi yo‘q”, — deydi pul yig‘ish tashabbusi bilan chiqqan ota-onalardan biri. Bu gapga javob bergan suhbatdosh: “Qizimning o‘qituvchisi bilan yomon bo‘lib qolishini istamaganim uchun ham bunga qarshi chiqolmayman, to‘g‘rimi?”, — deb savol qo‘ygan.

O‘z navbatida pul yig‘ish majburiy emasligi, kim xohlasa, 10 ming, kim xohlasa, 20 ming so‘mdan berishi mumkinligi aytilgan. Ammo gap so‘ngida sovg‘a olish uchun pul berganlar ro‘yxati o‘qituvchiga berilishi qo‘shimcha qilingan. Audioyozuvdagi muloqotga ko‘ra, Dilfuza-o‘qituvchining tug‘ilgan kuni va 1-oktabr bayramiga ham pul yig‘ilgan va o‘qituvchining o‘ziga berilgan.

“Biz o‘qituvchini rag‘batlantirsak, ular ham o‘quvchilarni rag‘batlantiradi. Chunki o‘qituvchilar ham o‘zaro gaplashishadi-da — kimning sinfi qancha yig‘ib berganini. Shuning uchun ko‘nglingizdan chiqarib bering”, — deydi ovozi audioga yozilib qolgan ota-onalardan biri.

Bayram bahona o‘qituvchi uchun pul yig‘ilishidan norozi bo‘lgan ota-onalardan birining ismi sir qolishi sharti bilan “Daryo” muxbiriga aytishicha, ushbu jarayondagi asosiy ziddiyat — pul bergan ota-onalar ro‘yxati o‘qituvchiga taqdim etilishida.

“Shuning uchun ham bu jarayonga qarshi chiqib bo‘lmaydi. O‘sha ro‘yxatda kim necha pul bergani yoziladi va sinf rahbariga beriladi. Sinf rahbari, xohlaysizmi-yo‘qmi, pul bergan va bermaganlarni bir-biridan ajratadi, ota-onasi pul bermagan o‘quvchilarga boshqacha munosabatda bo‘ladi”, — deydi u.

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2020-yil yanvarida Yoshlar press-klubida qigan chiqishida maktablarda ota-onalar tashabbusi bilan pul yig‘ish holatlariga to‘xtalib o‘tgan edi.

“Yana bir narsani inobatga olish lozim: o‘qituvchi ham majburan shuni qilgin, demaydi. Ota-onalarning o‘zlari kelishib, o‘rtada pul yig‘ishadi. Qo‘shtirnoq ichidagi tashabbuskor ota-onalarimiz ham juda ko‘p. Hamma o‘zaro kelishib, ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmay, sharoit yaratib yordamlashsa, yaxshi bo‘lardi”, — degandi vazir.

Ayni vaqtda vazir Shermatov “‘yig‘di-yig‘di’larga majburlanayotganlar bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etsin” degandi, biroq haqini talab qilgan ota-onalarning farzandlari keyinchalik o‘qituvchilar tomonidan ajratib qo‘yilishi ehtimoli masalasi ochiq qolgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют