» » Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari obunaga majburlanayotgani aytilmoqda

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari obunaga majburlanayotgani aytilmoqda


Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktablarda o‘quvchilar 4 nomdagi jurnalga obuna bo‘lishga majburlanayotgani aytilmoqda.

Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan murojaatchiga ko‘ra, jurnallar obunasiga majburlanayotgan o‘quvchilar 1—6-sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

— O‘zim maktabga borib vaziyatni o‘rgandim, obunaga pul majburiy tarzda yig‘ilyapti, — deydi murojaatchi.

Murojaatchining ma’lum qilishicha, o‘quvchini obunaga majburlash tumanning Qozoqli qishlog‘idagi 14-maktabda sodir bo‘lyapti.

— Eng achinarlisi 1-sinf o‘quvchisi ham obunaga majburlanyapti, — deydi murojaatchi. — Davlat maktabidagi mas’ullar qayerga qarayapti?

“Daryo”ga taqdim etilgan suratdan anglashilishicha, 4 ta nashr nomi yozilgan qog‘ozda barcha nashrlar narxi bir xil ekanligi qayd etilgan. Nashrlarning bir yillik obuna bahosi 90 ming so‘mni tashkil etsa, 3 oylik obuna narxi 22 ming 500 so‘mligi yozilgan.

— Mazkur qishloqdagi ko‘pchilik ota-onalar ishlamaydi, hatto 22 ming so‘mni berishga ham qiynaladi, — deydi murojaatchi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi internet saytlarida ko‘p tilga olindi. Avval 98-maktab direktori pora bilan qo‘lga olingan bo‘lsa, so‘ngra viloyat hokimi tanqidiga ham duch keldi. Mazkur masalaga bag‘ishlangan matbuot anjumanida esa bo‘lim mudiri Soib Davidov hatto bo‘lim rasmiy sayti manzilini ham bilmay, Zoir Mirzayevning matbuot kotibi e’tiroziga sababchi bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют