» » Nurafshon shahridagi maktablarda oqituvchilardan majburiy obuna uchun pul yigilmoqda

Nurafshon shahridagi maktablarda oqituvchilardan majburiy obuna uchun pul yigilmoqda


Toshkent viloyati Nurafshon shahri talim maskanlarida, Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatovning oxirgi ogohlantirishiga qaramay, majburiy obuna davom etmoqda, deb xabar qildi Sputnik.

Maktabimiz rahbariga obunaga pul berish niyatim yoqligini tushuntira olmayapman. Bizga malum qilinishicha, bugun, 21 dekabr kuni obuna boyicha oxirgi srok qoyilgan. Pul topshirmagan maktab rahbarlari xalq talimi bolimlari rahbarlari tomonidan oz xohishi bilan ariza yozishga majburlanishi kutilmoqda, - deydi muxbir bilan intervyuda Nurafshon shahridagi talim maskanlarining birida dars beradigan oqituvchi.

Oqituvchining sozlariga kora, Xalq talimi bolimi mutasaddilari tomonidan shahardagi maktablarda majlislar otkazildi. Ushbu majlislarda asosiy masala sifatida davlat tasarrufidagi mahalliy nashrlarga obuna bolish ortaga tashlangan. Bu tadbirlar goyoki ixtiyoriy deb takidlanayotgan bolsa-da, oqituvchilarning deyarli barchasi bunga rozi emas. Ammo ishidan ayrilib qolishdan qorqib, rahbar talabiga boysunayotganlari ham topilmoqda.

Xususan, tolov summasi 150 ming somdan 300 ming somgacha qabul qilinmoqda. Hozirga kelib oqituvchilarning bir qismi ushbu tolovni majburan amalga oshirib ham bolgan.

Eslatib otamiz, Ozbekiston Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov sal oldin XTB rahbarlariga songgi ogohlantirish maktubini yollagan va oz murojaatida oqituvchilardan majburiy obunaga pul yigishni toxtatishni talab qilgan edi.

Nurafshon shahar XTB idoralari xodimlari Shermatovning bu ogohlantirish xatidan xabari yoqday. Shu bois shahar XTB maktab direktorlari va oqituvchilarni obuna kabi masalalar bilan ovora qilishda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-12-2018, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -