» » Tojikistonda koronavirus epidemiyasi xavfi tufayli masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopib qo‘yildi

Tojikistonda koronavirus epidemiyasi xavfi tufayli masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopib qo‘yildi


Tojikistonda koronavirus epidemiyasi ortida masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Tojikistonning din, xalq an’analari, tantanalar va urf-odatlarni tartiblashtirish ishlari bo‘yicha qo‘mitasi matbuot kotibi Afshin Muqim ma’lum qilgan.

Afshin Muqim Facebook’da ushbu vaziyatni quyidagicha izohlagan:

“Masjidlarga jamoat namozlarini o‘qish uchun tashrif buyurishning vaqtincha to‘xtatilishi bo‘yicha tavsiyalar masjidlar imom-xatiblarining tashabbusi hisoblanadi va Tojikiston Islom markazi tavsiyalariga asoslangan. Bu kabi tashabbuslar boshqa bir qator mamlakatlarda ham qabul qilindi. Hattoki Saudiya Arabistoni boshqa davlatlar fuqarolari uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga vaqtincha taqiq kiritgan. Umuman olganda, mamlakatda mutasaddi idoralar tomonidan karantin e’lon qilingani yo‘q”, – deya ta’kidlab o‘tgan qo‘mita matbuot kotibi.

Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar 24-yanvarda to‘xtatilgan. Shuningdek, mamlakat hukumati koronavirus kasalligining tarqalish xavfi sabab 35 ta xorij davlatlar fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlangan qo‘shni davlat Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют