» » Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga sayyohlik vizasini berishni to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga sayyohlik vizasini berishni to‘xtatdi


Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi koronavirus bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan 7 ta mamlakat fuqarolari uchun elektron sayyohlik vizalarni berishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi. Bu haqda mamlakatning SPA agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozog‘iston fuqarolari uchun elektron sayyohlik vizalar berilishi to‘xtatildi. Ushbu mamlakatlar fuqarolari Saudiya aeroportlariga etib borganlarida ham sayyohlik vizalarini ololmaydi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu mamlakatlar fuqarolari ilgari olgan sayyohlik vizalaridan ham hozircha foydalana olmaydi.

Qirollik hukumati bu “vaqtinchalik chora” ekanini ta’kidlamoqda. Elektron sayyohlik vizasi olish huquqiga ega bo‘lgan dunyoning boshqa 40 dan ortiq mamlakatlari fuqarolari esa bu imkoniyatdan foydalanishda davom etishi yoki yoki aeroportga etib borganida viza olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoniga bir necha mamlakat fuqarolari tashrif buyurishi uchun 2019-yildan joriy qilingan sayyohlik vizasi musulmonlarning muqaddas qadamjolari joylashgan Makka va Madinani ziyorat qilish huquqini bermaydi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni koronavirus sababli 2020-yil 27-fevral kunidan e’tiboran Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar berilgan edi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra vizasining berilishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют