» » Saudiya Arabistoni sayyohlik vizasini joriy etdi. Biroq o‘zbekistonliklar Arabistonga turist sifatida borolmaydi

Saudiya Arabistoni sayyohlik vizasini joriy etdi. Biroq o‘zbekistonliklar Arabistonga turist sifatida borolmaydi


Saudiya Arabistoni hukumati chet ellik sayyohlarga 80 AQSh dollariga viza berishni boshlashi haqida avvalroq xabar berilgandi. 27-sentabr kuni Saudiya Aribistoni tomonidan e’lon qilingan viza berish ruxsati bor mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston joy olmagan, deb yozadi BBC.

Ma’lum qilinishicha, Ro‘yxatga Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘iston kiritilgan, shuningdek, unda Rossiya va Boltiqbo‘yi davlatlari ham bor. Bundan tashqari Arabistonga AQSh, Britaniya, Shengen hududiga kiruvchi davlatlar, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur fuqarolari ham sayyoh sifatida safar qila oladilar.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni ilk bor sayyohlik vizasini joriy etadi. Sayyoh ayollarga an’anaviy musulmoncha libos kiymaslikka ruxsat beriladi

Shu kunga qadar Saudiya hukumati tomonidan asosan, haj va umra ziyoratini ado etishni istagan musulmonlar uchun ziyorat vizasi va tadbirkorlar uchun ishchi vizalarini berib kelgan.

27-sentabrdan boshlab Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalari podshohlikka sayyoh sifatida borishni istaganlardan arizalar qabul qilishni boshlashi aytilgan. Rasmiy Ar-Riyod mamlakatni xorijiy sayyohlarga ochish bilan 2030-yilga kelib, yalpi ichki mahsulotda turizm ulushini hozirgi 3 foizdan 10 foizga oshirmoqchi.

Ma’ulmot uchun, sayyohlar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madinaga bora olmaydi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining turizm bo‘yicha boshqarma rahbari Ahmad al-Hatibning so‘zlariga ko‘ra, chet elliklarga nisbatan mamlakatning spirtli ichimliklarni taqiqlash qonuni ham tatbiq etiladi. Сhet ellik sayyohlarga abayya (arab ayollarining an’anaviy libosi) kiymaslikka ruxsat beriladi, ularga, shu jumladan, ommaviy plyajlarda ham kamtarona kiyim kiyishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ayollar Saudiya Arabistoniga erkak qarindoshi hamrohligisiz tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют