» » Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Nukusdagi E.Olako‘z ko‘chasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Nukusdagi E.Olako‘z ko‘chasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev joriy yil 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida bir qator topshiriqlar bergan edi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy sayti xabar bermoqda, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari”.

Jumladan, Nukus shahridagi E.Olako‘z ko‘chasi bo‘ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko‘p qavatli turar-joylarning 30 tasini joriy yilda va 20 tasini 2018-yilda tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish taqsimoti bo‘yicha taklif kiritish aytib o‘tilgandi.

Ushbu vazifalar yuzasidan, Nukus shahridagi E.Olako‘z ko‘chasi bo‘ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko‘p qavatli turar-joylar o‘rniga tushadigan va buzilishi lozim bo‘lgan 850 ta qurilmalarni xatlov qilish ishlari boshlandi.

Tijorat banklari bilan 2017-yilga zarur bo‘lgan 240 milliard so‘m mablag‘larning ajratilishi masalasi hal etildi. 50 ta ko‘p qavatli turar-joylarning 30 tasini joriy yilda va 20 tasini 2018-yilda tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish taqsimoti ishlab chiqildi.

Markaziy bankning 2017-yil 1-fevraldagi 19-23/229-son xati bilan banklar taqsimoti bo‘yicha takliflar kiritildi.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 11:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют