» » Angliya Kubogi. Igaloning dubli “Manchester Yunayted”ga chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi

Angliya Kubogi. Igaloning dubli “Manchester Yunayted”ga chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 1/8 final bahslari doirasida 5-mart, payshanba kuni “Derbi Kaunti” — “Manchester Yunayted” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi chorak finalchi nomini aniqlab bergan bahsda Odion Igaloning dubli hamda Lyuk Shouning goli evaziga “qizil iblislar” g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz Angliya Kubogida chorak final o‘yinlari 20—22-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadi:

“Sheffild Yunayted” — “Arsenal”,

“Nyukasl” — “Manchester Siti”,

“Norvich” — “Manchester Yunayted”,

“Lester” — “Chelsi”.

1/8 final bahsi

5-mart, payshanba

Gollar: 0:1 – 33 Shou, 0:2 – 41 Igalo, 0:3 – 70 Igalo.

“Derbi Kaunti”: Ros, Forsit, Bogl, Lou, Nayt, Evans, Lourens (Uittaker, 44), Berd, Sibli (Shinni, 80), Uoghorn (Merriott, 67), Runi.

“Manchester Yunayted”: Romero, Diogu Dalot, Bayi, Lindelyof, Shou (Uilyams, 80), Lingard, Fred (Marsyal, 73), Maktomini, Brunu Fernandesh (Pereyra, 67), Mata, Igalo.

Ogohlantirishlar: Shou (17), Runi (45), Bayi (64), Uilyams (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют