» » Falastin prezidenti koronavirus tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi

Falastin prezidenti koronavirus tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi


Falastin prezidenti Mahmud Abbos koronavirus tufayli mamlakatda 30 kunlik favqulodda holat rejimini e’lon qildi. “RIA Novosti”ning Reuters’ga tayanib xabar berishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Muhammad Shtayye ma’lum qilgan.

“Biz koronavirusga qarshi turish va uning tarqalishini oldini olish uchun Falastinning barcha hududlarida favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildik”, — degan prezident farmonini o‘qib eshittirgan bosh vazir.

Shtayyening ta’kidlashicha, Falastin prezidenti unga hujjat ijrosi bajarilishini nazorat qilish vakolatini topshirgani uchun u barcha bog‘cha, maktab, kollejlarni yopishga va chet ellik sayyohlar uchun bronlarni bekor qilishga qaror qilgan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan profilaktika maqsadida dunyodagi eng ko‘p ziyorat qilinadigan muqaddas joylardan biri bo‘lgan Vifleyemdagi xristianlar ibodatxonasi yopilganini ma’lum qilgan. Hukumat shahar va uning atrofidagi qishloqlarda barcha ommaviy tadbirlarning bekor qilinishini, shuningdek, diniy va o‘quv muassasalarining yopilishini talab qilgan. Qayd etilishicha, bunday choralar 2 haftaga joriy etilgan.

O‘tgan bir sutka ichida Xitoydan tashqarida 2,1 ming kishi koronavirus yuqtirib oldi. JSST koronavirus Xitoydan tashqari dunyoning 85 mamlakatida tarqalganini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют