» » “Qamash yo qattiqqo‘llik uchun emas”. Mahalla vaziri hududiy boshqarmalarga nega “formali”lar rahbar bo‘lganini izohladi

“Qamash yo qattiqqo‘llik uchun emas”. Mahalla vaziri hududiy boshqarmalarga nega “formali”lar rahbar bo‘lganini izohladi


“Formali” xodimlarning fuqarolik jamiyatiga kirib borishi yaxshi hodisa. Bu fikr mahalla va oila masalalari vaziri Rahmat Mamatov tomonidan jurnalistlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

2020-yil fevral oyi o‘rtalarida O‘zbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etildi. Prezident farmoniga muvofiq, vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosariga tenglashtirildi. Shu bilan birga, Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlashi belgilandi.

Ilgari Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan Rahmat Mamatov vazirlik rahbari etib tayinlandi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari hisoblangan Aziz Ikromov bir vaqtning o‘zida Mahalla va oila masalalari vazirligida Rahmat Mamatovning ham o‘rinbosariga aylandi.

O‘z navbatida, vazirlikning to‘rtta — Toshkent, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi boshqarmalariga ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan xodimlar boshliq etib tayinlandi. Mamatovning ta’kidlashicha, bu tayinlovlar mazkur hududlarning chegarada joylashgani bilan bog‘liq.

“Ushbu tayinlovlar kimnidir qamash yoki qattiqqo‘llik nuqtayi nazaridan amalga oshirilgani yo‘q. O‘zbekistonda 2 mingga yaqin mahalla chegara hududida joylashgan. Fuqarolar o‘rtasida chegarani buzmasligi haqida tushuntirish ishlarini olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. Chegaradagi xavfsizlik — siz uchun ham, men uchun ham, butun O‘zbekistonimizda yashaydigan har bir fuqaro uchun ham eng muhim masala”, — dedi vazir.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, “formali” xodimlarning bu tizimga o‘tishi — yaxshi hodisa. “Ular fuqarolik jamiyatiga kirib boryapti. Bu rahbarlar mahallaning ishiga aralashmaydi. Aksincha, ular vazirlik nuqtayi nazaridan ko‘maklashish, maslahat hamda huquqiy yordam berish uchun tayinlangan”, — deya izohladi Rahmat Mamatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют