» » Xitoyda qulagan otel vayronalari ostidan 50 kishi olib chiqildi. Bu mehmonxona karantin markaziga aylantirilgan edi

Xitoyda qulagan otel vayronalari ostidan 50 kishi olib chiqildi. Bu mehmonxona karantin markaziga aylantirilgan edi


Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi Syuanchjou shahrida qutqaruvchilar qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 50 kishini olib chiqdi, ularning ikki nafarida hayot alomatlari bo‘lmagan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Mahalliy ma’muriyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostidan olib chiqilgan 50 kishidan ikki nafari o‘lgan, qutqaruvchilar boshqa omon qolganlarni hamon izlamoqda”, — deyiladi CGTN xabarida.

#UPDATE Two of the 50 people pulled from under the debris of a collapsed hotel in Quanzhou were found dead. pic.twitter.com/NWqbo8IcAJ

— CGTN (@CGTNOfficial) March 8, 2020

Mehmonxona binosi 7-mart kuni buzilib ketgan edi. Ta’kidlashlaricha, bino vayronalari ostida 70 kishi bo‘lishi mumkin. 80 o‘ringa mo‘ljallangan bu mehmonxona 2018-yilda ochilgan edi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasi sabab, 2020-yilda u karantin markaziga aylantirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining tarqalishi dastlab Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinchalik kasallanish holatlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Rossiya, Kanada, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya, Nepal va boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining 7-martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bir sutka ichida virusdan 27 kishi vafot etgan. South China Morning Post nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasalanganlar soni 104 ming kishidan oshgan, 56 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 3570 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют