» » Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 ming kishidan oshib ketdi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 ming kishidan oshib ketdi


Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati 7134 kishida aniqlandi. Bir sutka davomida mamlakatda 50 kishi virusdan vafot etdi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Yonhap agentligining Janubiy Koreya Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, yangi kasallanish holatlari Tegu shahrida va Kyonsan-Pukto provinsiyasida aniqlangan.

Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat 20-yanvarda aniqlangan edi. Bir muddat avval Xitoyning Uxan shahri (koronavirus o‘chog‘i)da bo‘lib qaytgan ayol virusning Koreyadagi tashuvchisi bo‘lib chiqqandi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning tarqalishi 2019-yil dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahridan boshlangan edi. 7-mart holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida 3097 kishi vafot etgan, virusdan tuzalgangan soni esa 57 ming kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют