» » Ilon Mask koronavirus atrofidagi vahimani ahmoqlik deb atadi

Ilon Mask koronavirus atrofidagi vahimani ahmoqlik deb atadi


SpaceX aerokosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla rahbari Ilon Maskning fikricha, odamlar yangi koronavirusning tarqalishiga telbalarcha munosabatda bo‘lmoqda. “Koronavirus sabab ko‘tarilayotgan vahima — ahmoqlik”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Virusning tarqalishi Tesla faoliyatiga ta’sir qildi. Xususan, yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory’da ish vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bu zavodda akkumlyatorlar, shuningdek, Model 3 va Model Y avtomobillari ishlab chiqariladi.

Ushbu zavodning quvvati yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga yetkaziladi, deb kutilmoqda. Ilon Mask fevral oyidagi chiqishlaridan birida yangi koronavirusning tarqalishi Tesla’ga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Shunga qaramay, kompaniya 2020-yilgi savdo va yetkazib berish rejalarini qayta ko‘rib chiqqani yo‘q. Moody’s agentligi tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, joriy yilda avtomobil savdolari jahon bo‘yicha 2,5 foizga qisqarishi mumkin.

Jumladan, Xitoy Yengil avtomobillar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi tarqalishi davom etayotgan bir vaqtda Xitoyda fevral oyining birinchi yarmida yengil avtomobillar savdosi 92 foizga kamayib ketgan.

Qayd etishlaricha, Mask koronavirus borasidagi so‘nggi bayonotini AQShda kasallik keng tarqalayotgani haqida xabarlar berilayotgan bir vaqtda e’lon qildi. Xususan, Tesla’ning bosh qarorgohi joylashgan Kaliforniyada 5-mart kuni koronavirusdan birinchi bemor vafot etdi.

Shundan so‘ng shtatda favqulodda holat tartibi joriy etildi. Kaliforniya qirg‘oqlarida to‘xtatilgan va karantinga olingan Grand Princess kruiz laynerida esa 21 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 ming kishidan oshib ketgan.

Mavzuga doir: Nyu-York gubernatori koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют