» » Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus topildi

Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus topildi


AQShda Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasiga tashrif buyurgan mehmonlarning biridan olingan tahlil namunalari unda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi hisoblangan Amerika konservativ ittifoqi (ACU) ma’lum qildi. 26—29-fevral kunlari Merilend shtatidagi Fort-Vashingtonda bo‘lib o‘tgan tadbirda Oq uyning ko‘plab amaldorlari qatnashgan edi.

Bu yilgi konferensiyada AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens chiqish qilgan edi. ACU vakillarining ma’lum qilishicha, bemor Tramp va Pens bilan muloqotda bo‘lmagan, shuningdek, asosiy zaldagi tadbirlarda qatnashmagan. Kasallangan shaxs karantinga olingan, u Nyu-Jersida shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Qo‘shimcha qilishlaricha, prezident ma’muriyati vaziyatdan boxabar.

Oq uy vakillari konferensiya ishtirokchilaridan biri koronavirusga tekshirilganidan xabardorligini bildirdi. “Hozirda prezident Tramp va vitse-prezident Pens kasallangan tashrifchi bilan uchrashgani yoki u bilan yaqin kelganini tasdiqlovchi biror belgi yo‘q”, — deya prezident ma’muriyati bayonotidan iqtibos keltirmoqda CNN.

Business Insider‘ning qayd etishicha, konferensiyada 19 mingga yaqin odam qatnashgan. Tramp uning so‘nggi kunida — 29-fevralda nutq bilan chiqish qilgan. Merilend shtati gubernatori Larri Hogan forumning istalgan tashrifchisi kasallanish xavfi ostida ekanini aytib, kimda virus alomatlari paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir: AQShda vitse-prezident va davlat kotibi qatnashgan konferensiyaning ikki ishtirokchisida koronavirus aniqlandi

AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 164 ta holat aniqlangan, 11 kishi vafot etgan. Kasalanish holatlari 19 ta shtatda qayd etilgan. 76 kishi kasallangan Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют