» » AQShda vitse-prezident va davlat kotibi qatnashgan konferensiyaning ikki ishtirokchisida koronavirus aniqlandi

AQShda vitse-prezident va davlat kotibi qatnashgan konferensiyaning ikki ishtirokchisida koronavirus aniqlandi


Nufuzli lobbichi tashkilotlardan biri hisoblangan Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Amerika—Isroil qo‘mitasining yuqori martabali amerikalik siyosiy arboblar ham qatnashgan konferensiyasi ikki qatnashchisidan koronavirus infeksiyasi topildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir 1—3-mart kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan edi. Unda, xususan, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens, davlat kotibi Mayk Pompeo, Senatdagi respublikachilar ko‘pchiligi yetakchisi Mitch Makkonnell, milliarder Maykl Blumberg va o‘nlab kongressmenlar qatnashgan edi. Umumiy hisobda forumga 18 ming kishi tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Mayk Pens AQShda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha milliy tezkor shtabi rahbari hisoblanadi.

AQShda hozirgacha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 300 dan ortiq holat ro‘yxatga olingan, ularning aksariyati — Nyu-Yorkda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют