» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda juda katta resurslar bor, biroq ularning yarmidan ham foydalanilmayapti

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda juda katta resurslar bor, biroq ularning yarmidan ham foydalanilmayapti


Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, yig‘ilishda Toshkent shahridagi har bir tumanda amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda uch yilda 3,3 mlrd dollarga 183 ta zamonaviy turar joy quriladi

Xususan, “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 350 million dollarlik, Yashnobod tumanidagi Texnoparkda umumiy qiymati 418 million dollarlik loyihalar ularning eng muhimlaridan.

Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududida tashkil qilinadigan Toshkent ishbilarmonlik markazi, “Yunusobod siti”dagi zamonaviy turar joy, ko‘ngilochar va ishbilarmonlik markazlari ham, qayd etishlaricha, “shahar rivojiga xizmat qiladi”.

Prezidentning ta’kidlashicha, investitsiya va eksportdan maqsad — ishchi joy, qo‘shimcha daromad. Toshkentda bu borada juda katta resurslar bor, ammo, Shavkat Mirziyoyevning alohida qayd etishicha, “hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti”.

“Shuning uchun har bir tuman kesimida kichik va o‘rta korxonalarni o‘rganib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqimizga kafolatlangan daromad manbai yaratish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют