» » O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga sovuq qurolga aloqador o‘zgartish kiritiladi

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga sovuq qurolga aloqador o‘zgartish kiritiladi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi kutilmoqda:

104-moddaning (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ikkinchi qismining “k” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “k” va “l” bandlar bilan almashtiriladi:

“k) bir guruh shaxslar tomonidan;

l) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa”;

105-modda (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) ikkinchi qismining “l” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan almashtiriladi:

“l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;

m) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa”.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют