» » O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Loyihada Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Jumladan, Jinoyat kodeksini yangi “Telekommunikatsiyalar tarmog‘iga noqonuniy (ruxsat berilmagan) ulanish” moddasi bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Bunday harakat uchun eng kam ish haqining 100 barobaridan 300 barobarigacha jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yo bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.

Shu harakatlar oldindan til biriktirib, guruh bo‘lib, qaytadan, xizmat vazifasidan foydalangan va boshqa og‘irlashtiriladigan holatlarda sodir etilsa, eng kam ish haqining 300 dan 600 barobarigacha jarima yo uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют