» » Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishgan odam koronavirusga chalingan shaxs bilan muloqot qilganini tan oldi

Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishgan odam koronavirusga chalingan shaxs bilan muloqot qilganini tan oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishgan Amerika Konservativ ittifoqi (ACU) rahbari Mett Shlapp koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganini tan oldi, deb xabar beradi The Washington Post.

Ittifoq ma’lumotlariga ko‘ra, konservativ siyosiy harakatlar anjumanida ishtirok etgan fuqaroning tahlil natijalari unda koronavirus borligini ko‘rsatgan. Ushbu tadbirda Donald Tramp hamda vitse-prezident Maykl Pens ham ishtirok etgandi. Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishemning ma’lum qilishicha, ular kasallikka chalingan odamdan uzoqda bo‘lgan.

Biroq Shlappning aytishicha, u mazkur tadbirda koronavirusni yuqtirib olgan odam bilan muloqot qilgan. Anjumanning so‘nggi kunida ACU rahbari prezident bilan qo‘l berib ko‘rishgan edi.

“Menimcha, vahima qilmasdan bu yerda nima bo‘layotganini kuzatish va do‘stimiz sog‘ayib ketishiga umid qilishimiz kerak”, — deydi Shlapp.

Ittifoq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan odam bilan muloqot tasodifan va juda qisqa muddat bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 3,1 ming kishidan oshdi

AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 164 ta holat aniqlangan, 11 kishi vafot etgan. Kasallanish holatlari 19 ta shtatda qayd etilgan. 76 kishi kasallangan Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют