» » Afg‘onistonning AQShdagi elchisi: Harbiylarimiz 2020-yilga kelib AQSh ko‘magisiz toliblarga qarshi jang qilishi mumkin

Afg‘onistonning AQShdagi elchisi: Harbiylarimiz 2020-yilga kelib AQSh ko‘magisiz toliblarga qarshi jang qilishi mumkin


Afg‘oniston harbiylari 2020-yilga kelib AQSh ko‘magisiz “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiyalar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Afg‘onistonning AQShdagi elchisi Hamidulla Muhib ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“2020-yilga kelib xavfsizlik kuchlarimiz aksariyat holatlarda mustaqil jang qilish uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘ladi. Biz yangi armiya yaratish haqida gapirayotganimiz yo‘q. Gap hozirda borini maqbullashtirish haqida ketmoqda”, — deya ta’kidladi Hamidulla Muhib. 

Elchining bildirishicha, afg‘on rasmiylari mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaqin yillar mobaynida o‘zgarmaydi, deb hisoblamoqda. IShIDni esa Kobul jiddiy tahdid sifatida ko‘rmaydi.

AQSh 2005-yildan beri Afg‘oniston qurolli kuchlarini mustahkamlash uchun 67 milliard so‘m sarfladi. Hozirda mamlakat qo‘shinlari va kuch tizimlarida 350 ming kishi xizmat qilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 29 ming harbiy yaralangan yoki o‘ldirilgan. 

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston hududida ayni paytda 8,4 ming nafar amerikalik harbiy joylashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют