» » Hindistonda uch yoshli bolada koronavirus aniqlandi

Hindistonda uch yoshli bolada koronavirus aniqlandi


Hindistonning Kerala shtatida shifokorlar uch yoshli bolaga koronavirus tashxisini qo‘ydi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Bola ota-onasi bilan Italiyadan qaytgach, unda kasallik alomatlari paydo bo‘lgan.

Bu Hindistonda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq holatlarning 41-si bo‘ldi. Uch kishi kasallikdan tuzalgan va uyga javob berilgan.

7-mart kuni Italiyadan Hindistonga uchib kelgan bolaning tana harorati o‘lchanganida unda isitma aniqlangan. Shu sabab oila karantinga olinib, bola qayta tekshirilgan. Tahlil natijalari unda koronavirus mavjudligini ko‘rsatgan.

Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi.

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar sonining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib turibdi — u yerda har 1 million aholiga 142,1 nafar tasdiqlangan bemor to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda — Italiya (121,9 bemor), uchinchi o‘rinda— Eron (80,9 bemor), to‘rtinchi o‘rinda esa Xitoy (58,3 bemor).

8-mart kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan mamlakatning 14 ta provinsiyasida kirish-chiqishni yopgan edi. 3-aprelga qadar yopilgan hududlar orasida Lombardiya, Rimini, Modena, Novara va boshqalar bor. Bundan tashqari, 14 ta provinsiyada maktab, muzey, sport zallari yopilgan, diniy marosimlar to‘xtatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют