» » Rossiya mudofaa vazirligi AQShning Suriyadagi aviabazaga bergan raketa zarbalari samaradorligini shubha ostiga oldi

Rossiya mudofaa vazirligi AQShning Suriyadagi aviabazaga bergan raketa zarbalari samaradorligini shubha ostiga oldi


Pentagonning Suriyadagi “Shayrat” aviabazasiga berilgan raketa zarbalari samaradorligi haqidagi bayonotlari professionallar uchun emas, oddiy amerikaliklarga mo‘ljallangan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”. 

Vazirlikning rasmiy vakili Igor Konashenkovga ko‘ra, aviazarbalarga harbiy aerodromning yirik xo‘jalik bino va inshootlari nishon bo‘lgan.

“AQSh aviazarbalari — qiymati 100 million dollardan oshiq bo‘lgan 59 ta ‘Tomagavk’ raketalarining yo‘llangani IShID va ‘Jabhat an-Nusra’ kabi terrorchi tashkilotlar bilan jang olib borayotgan Suriya armiyasi salohiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Hukumat kuchlari o‘z mamlakatini terrorchilardan ozod qilishda davom etmoqda”, — deya ta’kidladi Konashenkov. 

Mudofaa vazirligi misol tariqasida Rossiyaning aksilterror operatsiyasi doirasidagi harakatlarini keltirgan. Jumladan, jangarilarning 74 ta obyektiga 128 ta qanotli raketa yo‘llangan. Ularning barchasi nishonga borib tekkan, obyektlar va terrorchilar esa yo‘q qilingan. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют