» » Qurilish vazirligi Jizzaxdagi qurilishda armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Qurilish vazirligi Jizzaxdagi qurilishda armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yilning oxirida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 5 qavatli uylar qurilishida armaturasiz plitalar ishlatilgani haqida video tarqalgan edi. AOKAda 9-mart, dushanba kuni, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishni standartlashtirish respublika markazi rahbari Saidaslam Xo‘jayev ushbu videoga munosabat bildirdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Mavzuga doir: Jizzaxdagi ko‘p qavatli turar joy qurilishida armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgan

Markaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, plitalarda turli xil armatura ishlatiladi. Jizzax viloyatidagi mazkur obyektda simli armatura ishlatilgan. Plitalarning sinishiga ularning noto‘g‘ri yotqizilgani sabab bo‘lgan.

“Ko‘p gap temir-beton buyumlarining xususiyatlarini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Beton mo‘rt narsa hisoblanadi. Bino qurilishida foydalanish uchun uning tarkibida metall bo‘lishi kerak. Biz seysmik faol zonada joylashganligimiz sababli, qurilishda ishlatiladigan plitalarga tegishli talablar mavjud. Ya’ni to‘rtta armatura panjarasi bo‘lishi kerak, yon tomonlarda uzunasiga shponlar bo‘lishi kerak. Shundagina plitalar binoning zilzilaga chidamliligini ta’minlaydi.

Plitalarda har xil turdagi armaturalardan foydalaniladi. Odamlar ko‘nikib qolgan sterjenli armaturalardan tashqari, simli armaturalar, yuqori kuchga ega armaturalar ishlatiladi. Mutaxassis bo‘lmagan kishi an’anaviy sterjenli armatura ishlatilmaydigan plitalarni ko‘rib, plitada armatura ishlatilmagan, deb o‘ylashi mumkin. Buning isboti — ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy muhokamaning mavzusiga aylangan video.

Singan beton plita ichidagi simli armatura videoda aniq ko‘rinadi. Agar plitada armatura bo‘lmaganida, uni zavoddan qurilish maydonchasiga olib kelish mumkin bo‘lmas edi”, — deya tushuntirdi markaz rahbari.

Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi obyektga Qurilish vazirligi mutaxassislari tashrif buyurib, u yerdagi barcha plitalarning sifatini o‘rgangan.

O‘rganish davomida plitalarda armaturalar mavjudligi, ammo har xil miqdorda ekanligi aniqlangan. Shuningdek, bir qator boshqa kamchiliklar ham aniqlangan.

Qayd etilishicha, qurilishdagi barcha plitalar o‘rganilgan. Binoning zilzilaga chidamliligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmaganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, plitalarning yuqori qismida montaj armaturasi bo‘lishi kerak, ammo Jizzaxdagi obyekt plitalarida bunday armatura bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish uchun barcha talablarga javob beradigan mahsulotlar olib kelinadi, ammo obyektlarda ishlatiladigan barcha mahsulotlar belgilangan talablarga aniq javob bermaydi.

Saidaslam Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan har bir korxona o‘z laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Ammo bugungi kunda aksariyat ishlab chiqaruvchilar bunday imkoniyatga ega emas, ular boshqa tashkilotlar laboratoriyalaridan shartnoma asosida foydalanadi. Bu esa mahsulotlarning qurilish standartlari talablariga muvofiqligini monitoring qilishda muammolar tug‘dirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют