» » Goldman Sachs Yevroittifoq banklarining koronavirus sabab 30 mlrd yevro yo‘qotishini taxmin qildi

Goldman Sachs Yevroittifoq banklarining koronavirus sabab 30 mlrd yevro yo‘qotishini taxmin qildi


Yevropa banklari dunyoning 110 dan ortiq mamlakatida koronavirus infeksiyasi tarqalgani tufayli 30 milliard yevro (34 milliard dollar) miqdorida sof foydadan mahrum bo‘lishi ma’lum qilindi. Bu haqda Goldman Sachs Amerika investbanki ma’lumotiga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Bankning taxminlariga ko‘ra, foyda umumiy daromaddan olib hisoblaganda 7 foizga qisqaradi, xususan, kredit tavakkali oshadi va bank daromadlari kamayadi. 9-mart holatiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 11 foizga o‘sgan, Stoxx 600 Banks umum Yevropa indeksi esa koronavirus hamda jahon bozorida neft narxining pasayishiga (Brent markali neft narxi London ICE birjasida barrel uchun 33 dollargacha pasaygan) bog‘liq ravishda investorlar xavotirini oshirib 5 foizga pastlagan.

Banklarning daromadi foiz stavkasi ham Yevropa moliya idoralarining iqtisodiyotga koronavirus ta’sirini kamaytirishga qaratilgan harakatlari sabab qisqarishi mumkin.

Goldman Sachs tahlilchilari koronavirus epidemiyasi oqibatida Germaniya, Italiya va Gretsiyadagi kam rentabellik darajasiga ega kreditorlar jiddiy zarar ko‘rishi, Fransiya va Beneluks davlatlari (Lyuksemburg, Niderlandiya, Belgiya) kasallik tarqalishini moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarini yengib o‘ta olishini ta’kidlagan. Goldman Sachs bu borada Fransiyaning BNP Paribas, Niderlandiyaning ING Groep, Ispaniyaning Banco Santander va Britaniyaning HSBC Holdings banklari hamda moliyaviy korporatsiyalarining quvvatiga yuqori baho bergan. Markaziy va Sharqiy Yevropaning kredit tashkilotlari orasida tahlilchilar tomonidan Erste Group Bank (Germaniya) va Bank Pekao (Polsha) alohida ajratib ko‘rsatilgan.

Yevropa banklari tadqiqotchilarning fikricha, oxirgi 10 yil ichidagi eng kuchli pozitsiyani egallab turibdi. Shu tariqa ular prognozlar bo‘yicha asosan foyda olish borasida ko‘proq zarar ko‘radi.

O‘tgan haftada Bloomberg ekspertlari koronavirusning tarqalishi pandemiya darajasiga ko‘tarilsa va eng yomon ssenariy kuzatilsa dunyo iqtisodiyotining Buyuk Britaniya YaIMga teng miqdorda 2,7 trillion dollar yo‘qotishini taxmin qilgan. Virus tarqalishining oqibatlari u qadar salbiy bo‘lmasa, iqtisodiyotning o‘sishi 2020-yil davomida 2,3 foizga sekinlashib avval prognoz qilingan 3,1 foizli ko‘rsatkichga nisbatan kamayadi.

Mavzuga doir: 

10-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 113 ming nafardan oshdi. Kasallikdan vafot etgan odamlar soni bo‘yicha koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoydan keyin yetakchi o‘rinda Italiya bormoqda: mamlakatda jami 9172 nafar fuqaro virusni yuqtirib olgan, vafot etganlar esa 463 nafarni tashkil qilgan. Keyingi o‘rinda Eron bormoqda 8 ming nafardan ortiq odam kasallangan, o‘lganlar soni 463 nafarni tashkil etadi, uchinchi o‘rinda — Janubiy Koreya (7 mingdan ko‘p odam kasallangan, qurbonlar soni 54 nafar) qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют