» » “O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirishni taklif qildi

“O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirishni taklif qildi


“O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirishni taklif qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sog‘lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida ‘O‘zavtosanoat’ yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu taklif yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi ta’kidlangan.

Kompaniyada qayd etishicha, O‘zbekiston ichki bozorida raqobatning oshishi UzAuto Motors’ning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi.

Avvalroq UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshganiga izoh bergandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют