» » Amerikada koronavirus bo‘yicha biznes-konferensiya koronavirus tufayli qoldirildi

Amerikada koronavirus bo‘yicha biznes-konferensiya koronavirus tufayli qoldirildi


AQShning Nyu-York shahrida 13-mart, juma kuni, “Koronavirus fonida biznes yuritish” (Doing Business Under Coronavirus) konferensiyasi o‘tkazilishi kerak edi. Tadbir koronavirus tufayli qoldirildi, deb yozadi Meduza.

Ushbu konferensiya xalqaro munosabatlar bo‘yicha Amerika kengashi tomonidan tashkillashtirilayotgan edi. Kengash koronavirus bo‘yicha konferensiyadan tashqari 11-martdan 3-aprelga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan boshqa tadbirlarni ham bekor qildi.

Bundan tashqari koronavirus epidemiyasi tufayli butun dunyoda aviaparvozlar, musiqa va filmlar taqdimotlari, futbol musobaqalari, moda namoyishlari, ko‘rgazmalar ham bekor qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют