» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi


Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiya 31 ta provinsiyada 80 778 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Hozirgi vaqtda ularning 16 145 nafari kasal (4492 nafarining ahvoli og‘ir), 61 475 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 3158 kishi esa vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan bir sutka ichida Xitoyda 24 kishida koronavirus aniqlangan, 1578 kishiga shifoxonadan javob berilgan, Xubey provinsiyasida 22 kishi vafot etgan.

Shuningdek, kasallikka chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan 14,6 mingga yaqin odam nazorat ostida qolmoqda.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют