» » Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart, chorshanba kuni, mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bir qator topshiriqlar berdi.

Hozirda jahon bo‘ylab koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi O‘zbekiston aholisini ham ma’lum ma’noda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, go‘yoki, sinovdan o‘tkazayotgan ushbu xastalikning O‘zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash, avvalo, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shu munosabat bilan, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada ko‘rilayotgan karantin va profilaktika choralari bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Bunda, eng avvalo, xalqaro tajriba asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga Aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash markazini biriktirib, agentlik salohiyatini ushbu vazifalarni samarali tashkil etishga qaratish kerakligi ta’kidlandi.

Agentlikning viloyatlar hamda tuman va shaharlarda alohida markazlari tashkil etiladi. Qishloq poliklinikalarida bu ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun uchtagacha mutaxassis ajratiladi. Ular qishloq aholisini to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyenaga rioya qilish, onkologik, yurak qon-tomir kasalliklariga moyil bo‘lganlarni barvaqt aniqlash bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.

Mavzuga doir: Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют