» » Shavkat Mirziyoyev eski tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablarini tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev eski tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablarini tashkil etishni taklif qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral, seshanba kuni, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, faqat 12 ta oliy ta’lim muassasasi uzluksiz kasbiy malaka oshirish huquqiga ega. Hozirda 50 foiz shifokor malaka oshirish bilan qamrab olinmagan.

Shu bois mazkur tizimni qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi qamrovni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida tashkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

“Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligi ta’kidlangan”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют