» » O‘zbekistonda har 10 ming aholiga qancha shifokor to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda har 10 ming aholiga qancha shifokor to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral, seshanba kuni, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida sohadagi islohotlarni davom ettirib, tibbiy xizmat sifatini oshirish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish, adolat va raqobatni ta’minlash bo‘yicha o‘z mulohazalarini bayon etgan edi. “Bugungi yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Avvalo, ixtisoslashgan tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish lozimligi ta’kidlangan. Hozirda O‘zbekistonda har 10 ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri kelmoqda. Mahalliy tibbiyot xodimlari ko‘nikmasini oshirishga e’tibor qaratilmayapti. Ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagan.

“Davolanish uchun order berish tizimida ijtimoiy adolat ta’minlanmayotgani, bu jarayonda faqat davlat muassasalari ishtirok etishi raqobatni cheklayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois order berish tizimini takomillashtirish va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev eski tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablarini tashkil etishni taklif qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют