» » Koronavirus: “Inter” hamda “Roma”ning Yevropa Ligasidagi o‘yinlari qoldirildi

Koronavirus: “Inter” hamda “Roma”ning Yevropa Ligasidagi o‘yinlari qoldirildi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan ikki o‘yin qoldirildi.

UEFA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, “Inter”—“Xetafe” va “Sevilya”—“Roma” uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni o‘tkazilishi kerak edi.

Sababi Ispaniya hukumati koronavirus tufayli Italiyaga kirib-chiqish borasida cheklov o‘rnatgan. Avvalroq Ispaniya hukumati “Roma” klubiga mamlakatga kirishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

Ayrim xabarlarga qo‘ra, “Inter” va “Xetafe” jamoalari o‘rtasidagi bahs neytral maydonda o‘tadigan bitta o‘yindan iborat bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham qoldirilishi mumkin.

Italiyada koronavirus qurbonlari soni 168 kishiga yetdi. Virusni yuqtirib olganlar soni 9 mingni tashkil etmoqda. Ispaniyada 2 mingga yaqin kishi kasallikni yuqtirib olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют