» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi (video)

Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart, chorshanba kuni, mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

“Koronavirus haqida xalqimiz bilishi kerak. Butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq davlatda alomatlari aniqlandi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Mana, Yevropada juda kuchayib ketyapti. Shuning uchun koronavirusga qarshi e’tiborni ikki karra ko‘paytirmasak, ogoh bo‘lmasak, bu xavf-xatar iqtisodiyotniyam, siyosatniyam joy-joyiga qo‘yadigan vaqt kelgan”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yig‘ilishda davlat rahbari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bir qator topshiriqlar bergan.

“Hozirda jahon bo‘ylab koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi O‘zbekiston aholisini ham ma’lum ma’noda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, go‘yoki sinovdan o‘tkazayotgan ushbu xastalikning O‘zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash, avvalo, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etadi”, — deydi O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashgan edi. O‘shanda davlat rahbari ayni vaqtda nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qayd etilayotgan koronavirus masalasiga qisqacha to‘xtalib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют