» » O‘zbekistonda koronavirusning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar xotirjam bo‘lishga asos bo‘lmasligi aytildi

O‘zbekistonda koronavirusning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar xotirjam bo‘lishga asos bo‘lmasligi aytildi


O‘zbekiston aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda vazirlik tomonidan 29-fevral kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil qilingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Biroq ta’kidlanishicha, bu xotirjam bo‘lishga asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham 28-fevral kuni dastlab Sog‘liqni saqlash vazirligida, so‘ng Vazirlar Mahkamasida bosh vazir rahbarligida Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ham bu borada kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

O‘zbekistondagi barcha havo va temir yo‘llarida tashkil qilingan sanitariya-karantin punktlari, hududlarda tuzilgan shtablar faoliyatini bugungi kun talabidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish, mehmonxonalar va korxonalar, mahalla, ichki ishlar organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularga davlat tomonidan qo‘yilayotgan talab, tavsiyalarni o‘z vaqtida yetkazish, tibbiy-patronaj xizmatini yanada yaxshilash, maktabgacha ta’lim, o‘rta maktab, oliy o‘quv yurtlari va jamoat joylarida sanitariya talablariga rioya qilish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari aholini koronavirus bilan bog‘liq epidemik vaziyatdan xavotirga tushmasdan ogoh bo‘lishga, jumladan, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют