» » Turkiyada koronavirus tufayli sayyohlik mavsumi boshlanishi kechiktiriladi

Turkiyada koronavirus tufayli sayyohlik mavsumi boshlanishi kechiktiriladi


Turkiya hukumati turoperatorlarga 2019-nCoV koronavirusi tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Mamlakat turizm va madaniyat vazirligi mehmonxona va sayyohlik firmalariga mavsumni mart oyidan emas, aprel oyi oxiridan boshlashni taklif qildi.

Vazirlik rahbari Mehmet Nuri Ersoyning fikricha, Turkiyaga safarlarni 15-apreldan keyin boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjonning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik o‘tkazishni rejalashtirgan ko‘rgazmalar ham keyingi oyning oxiriga ko‘chiriladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja Yevropadagi vaziyatni inobatga olib, koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Avvalroq Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют