» » Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 66 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 66 kishiga yetdi


Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 114 ta yangi holat qayd etildi. Mart oyidan buyon kasallanganlarning umumiy soni 7869 kishiga, qurbonlar soni esa 66 kishiga yetdi, deb yozmoqda “RBK”. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan.

Avvalroq qurbonlar soni 60 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xavf darajasini eng yuqori ko‘rsatkichgacha oshirgan. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 23-martgacha bekor qilingan.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, 45 nafar bemor sog‘ayib, uyiga javob berilgan (jami sog‘ayganlar soni 333 kishiga yetgan). Yana 17 727 kishining tahlillari hali o‘rganilmoqda.

Koronavirusni yuqtirib olganlarning 212 nafari Seul, 5867 nafari Tegu, 1145 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasi, yana 178 nafari esa Kyongidoda. Pusanda 99 ta holat qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyadagi koronavirus bemorlarining qariyb 4,7 ming nafari Sinchonji sektasiga aloqador odamlardir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 117 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda..

Avvalroq JSST koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют