» » Koronavirus tufayli Qozog‘istondagi maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘ldi

Koronavirus tufayli Qozog‘istondagi maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘ldi


Koronavirus xavfi tufayli Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari muddatidan avval ta’tilga chiqadigan bo‘ldi. Tengrinews’ning xabar berishicha, bu haqda bosh vaziri o‘rinbosari Erali Tugjanov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, dunyoda keng avj olayotgan koronavirusning pandemiya deb e’lon qilingani sababli shunday qarorga kelingan. Qarorga ko‘ra maktab o‘quvchilari 16-martdan ta’tilga chiqadi va u 5-aprelgacha davom etadi. Oliy ta’lim muassasalari esa 16-martdan boshlab masofaviy o‘qishga o‘tadi.

Shuningdek, 13-martdan boshlab mamlakatda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlarni — bayram, sport, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi.

UNESCO tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda koronavirus tufayli kuzatilayotgan inqiroz butun dunyoda 363 million o‘quvchi va talabani qamrab olgan. Bunda 57,8 million nafar talaba, qolgani esa maktab yoshigacha bo‘lgan hamda maktab o‘quvchilari ta’lim olishdan uzilib qolgan. Shu tarzda koronavirus sababli jahonda har beshinchi o‘quvchi maktabga, har to‘rtinchi talaba oliy o‘quv yurtiga bora olmayapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 117 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют