» » Eron koronavirus tufayli xalqaro valyuta jamg‘armasidan 5 mlrd dollar so‘radi

Eron koronavirus tufayli xalqaro valyuta jamg‘armasidan 5 mlrd dollar so‘radi


Eron hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasiga (XVJ) koronavirus epidemiyasi tufayli 5 milliard dollar berishni so‘rab, murojaat qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti” mamlakat markaziy banki rahbari Abdulnosir Hemmatiga asoslanib.

“6-mart kuni men mamlakatimizda koronavirus keng tarqalishining oldini olish uchun jiddiy chora-tadbirlar zarurligini, shuningdek, iqtisodiy oqibatlarga qarshi kurashishni hisobga olgan holda, taxminan 5 milliard dollar miqdorida pul so‘rab, xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyevaga xat yozdim”, —  deb yozadi Hemmati Instagram’da.

Eron Markaziy banki xalqaro valyuta jamg‘armasiga murojaat qilganini mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Javid Zarif ham tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi epidemiologik vaziyat tobora yaxshilanmoqda. Xususan, kasallangan fuqarolarning salkam 78 foizi sog‘aydi. Karantin o‘chog‘ida joriy etilgan karantin yengillashtirildi.

Mavzuga doir: Eronda 7 kishi koronavirusdan himoyalanish uchun metanol ichib vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют