» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari neft kompaniyalarining koronavirus tufayli 10 mlrd dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari neft kompaniyalarining koronavirus tufayli 10 mlrd dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi


Jahon bozoridagi asosiy neft yetkazib beruvchi kompaniyalar dunyoda narxlarning keskin pasaygani tufayli taxminan 10 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rgan. Bu haqda XXalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu pastlashga COVID-19 koronavirusi tarqalishi oqibatida neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning tushib ketgani sabab bo‘lgan.

“Neft narxlari yil boshidan 15 foizdan ko‘proq miqdorda pastladi, bu asosiy neft eksportyorlari daromadlarining taxminan 10 milliard dollarga kamayishga olib keldi”, — deydi Georgiyeva.

Shuningdek, u COVID-19 koronavirusining tarqalgani jahon iqtisodiyotining taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, Dunyo YaIM o‘sishi 2020-yilda avval kutilganidan ko‘ra va xatto o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ham kamroq bo‘lishini taxmin qildi.

“Lekin ushbu qisqarish jarayonini zarari qay darajada bo‘lishi va inqirozning qancha vaqt davom etishini oldindan aytish mushkul. Bu epidemiyaning tarqalishi va biz amalga oshirgan harakatlarning qanday samara berishiga bog‘liq”, — degan XVJ rahbari.

Georgiyeva avval tarqalgan epidemiyalar sabab kuzatilgan inqirozlardagi tajriba barcha zararlarning uchdan bir qismini odamlar o‘limi, ishchi o‘rinlarining yo‘qolishi, karantin choralari tufayli to‘g‘ridan to‘g‘riz ziyon tashkil qilsa, qolgan ikki qismda iste’molchilar talabining qisqarishi, biznes muhitining yomonlashuvi va moliya bozori nazooratining keskinlashuvi egallaydi.

“Ushbu salbiy holatlarning ta’sirini kamaytirish uchun aholining zaif qatlamlari va ahvoli og‘irlashadigan mamlakatlarga ko‘mak berishga tayyormiz”, — deydi XVJ bayonotida Georgiyeva.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют