» » Koronavirus tufayli neft narxi 2,5 yil ichida ilk bora 49 dollardan ham arzonlashdi

Koronavirus tufayli neft narxi 2,5 yil ichida ilk bora 49 dollardan ham arzonlashdi


Brent markasidagi neft narxi 2,5 yil avval may oyida barrel uchun 49 dollardan ham arzonlashgandi. 28-fevraldagi savdolarda Brent markasidagi qora oltin narxi 48,95 dollar deb baholandi va avvalgi savdolardagi ko‘rsatkichdan 5,37 foizga pasaydi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Oxirgi marta Brent narxi 2017-yil 25-iyulda 49 dollardan arzonga baholangan, o‘shanda bu mablag‘ 48,63 dollarni tashkil qilgandi.

WTI markasidagi neft narxi 28-fevral holatiga ko‘ra 43,86 dollargacha tushib ketdi va avvalgi savdolardagi ko‘rsatkichdan 6,86 foizga pastladi.

Mavzuga doir: 

“Brent va WTI kotirovkalar 2,5 yildan buyon minimum darajada turgan, ular mos ravishda 44,95 dollar va 42,36 dollargacha pastlashi mumkin. Jahon hamjamiyatida neftga bo‘lgan talab kamaygan va bu qora oltinni ushlab turmay tezroq sotish ehtiyojini paydo qilmoqda”, — degan “Veles Kapitala” tahlilchisi Yelena Kojuxova.

Mavzuga doir: 

Neft eksporterlari hisoblanuvchi mamlakatlardagi tashkilotlarda ham fevral oyida neftga bo‘lgan talabning sutkasiga 230 ming barreldan 990 ming barrelgacha o‘shishi mumkinligi haqidagi prognozni yomonlashtirdi. Ekspertlar o‘sish sur’ati dunyoda COVID-19 koronavirus epidemiyasi boshlangani tufayli pasayishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют