» » General Sulaymoniy o‘ldirilgach, neft narxi yarim yil ichida birinchi marta 70 dollardan oshdi

General Sulaymoniy o‘ldirilgach, neft narxi yarim yil ichida birinchi marta 70 dollardan oshdi


Brent markasidagi neftning bir barreli 6-yanvardagi savdolarda 70 dollardan oshdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Savdolar vaqtida bir barrel neft narxi 70,73 dollarga yetgan. 3-yanvar, juma kuni Bag‘dodda Eron generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarila boshladi.

Narxlar Eronning javob harakatlarini kutish fonida oshmoqda. Investorlar Tehron Hurmust bo‘g‘ozini yopib, Fors ko‘rfazidan neftni tashishni qiyinlashtirishi yoki Saudiya Arabistonining neft obyektlariga hujum qilishidan xavotirlanmoqda.

Oxirgi marta Brent markasidagi neftning narxi 2019-yilning aprelida 70 dollardan oshgandi.

Eron general Sulaymoniyning AQSh tomonidan o‘ldirilishini terrorchilik harakati deb baholadi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Sulaymoniyni jahondagi birinchi raqamli terrorchi deb atadi. O‘z navbatida, Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonchi AQShning harakatlarini “urush e’lon qilish” dedi.

Eron 2015-yili mamlakat hukumati va olti vositachi mamlakat o‘rtasida erishilgan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqishini e’lon qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют