» » ?Brent nefti narxi 2017-yildan buyon ilk bor 51 AQSh dollardan tushdi

?Brent nefti narxi 2017-yildan buyon ilk bor 51 AQSh dollardan tushdi


Londonning ICE birjasida Brent markali neftning bir barreli uchun narxi 52 AQSh dollardan tushdi. Bu haqda “Dojd” xabar berdi.

Moskva vaqti bilan soat 21:15 da neft narxi bir barrel uchun 51,49 AQSh dollarni tashkil qildi. Keyinroq Brent nefti barreli narxi 2017-yilning 31-avgustidan ilk bor 51 AQSh dollardan tushdi — 50,97 AQSh dollargacha.

WTI markali neft savdolar davomida barrel uchun 43,35 AQSh dollargacha tushgan.

Dekabr oyi boshida neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPЕK va unga kirmaydigan mamlakatlar neft qazib chiqarishni 2019-yildan bir kecha-kunduzda 1,2 million barrelgacha qisqartirishga kelishib olgan. OPЕK neft qazib olishni 0,8 million barrelgacha tushiradi, qolgan mamlakatlarda qisqarish 0,4 million barrelga to‘g‘ri keladi.

Rossiya bir necha oy avval neft qazib chiqarishni 2018-yilning oktabridan 2 foizga qisqartirishga rozi bo‘lgan. Shunday qilib, oktabrdagi bir kecha-kunduzdagi 11,4 million barreldan qazib olish ayni damda 228 ming barrelgacha qisqarishi kerak.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp OPЕKdan neft qazib chiqarishni qisqartirmaslikka va past narxni saqlab qolishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют