» » Putin va Saudiya shahzodasi neft narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi

Putin va Saudiya shahzodasi neft narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi


Brent markali neft narxi Rossiya va Saudiya Arabistoni OPЕK+ kelishuvini uzaytirishga kelishib olgani haqidagi xabarlar fonida besh foizga o‘sdi. Bu haqda ICE London birjasining ma’lumotlariga tayanib “RBK” xabar berdi.

3-dekabr kuni ertalab Brent barrel neftining fyuchersi 2019-yil fevralda yetkazib berilishi sharti bilan 62,5 AQSh dollarni tashkil qildi. Bu savdolarni 30-noyabr kuni yakunlanishi darajasidan besh foiz baland (59,46 AQSh dollar). Ma’lumotlar chop etilayotgan vaqtda narx barrel uchun 62,4 AQSh dollarga teng bo‘lgan.

1-dekabr kuni Argentinaning Buenos-Ayresida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistonning valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud bilan OPЕK+ kelishuvini uzaytirish to‘g‘risida kelishib oldi. Uning shartlariga ko‘ra, OPЕKga a’zo mamlakatlar va 11 ta chet davlatlar, xususan Rossiya ham, dunyo bozorida yuqori narxga erishish uchun neft qazib chiqarishni qisqartirishga majbur.

Neft so‘nggi bir necha hafta davomida AQSh zahiralarini oshirayotgani, taklif ko‘pligi, talab pasaygani sababli arzonlashib bordi. Noyabrda Brent nefti barreli uchun fyuchers qiymati 21,6 foizga — 62,4 AQSh dollargacha pasaydi. Bu so‘nggi 10 yillik uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют