» » Donald Tramp Saudiya Arabistoni podshohini neft qazib olish hajmini oshirishga ko‘ndirdi

Donald Tramp Saudiya Arabistoni podshohini neft qazib olish hajmini oshirishga ko‘ndirdi


Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kuniga 2 million barrelgacha ko‘tarishga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Hozirgina Saudiya podshohi Salmon bir Abdul Aziz as-Saud bilan gaplashdim hamda unga Venesuela va Erondagi inqiroz va muammolar sabab Saudiya Arabistonidan neft qazib olish hajmini oshirishni so‘rayotganimni tushuntirdim”, — deb yozdi Amerika yetakchisi.

Just spoke to King Salman of Saudi Arabia and explained to him that, because of the turmoil & disfunction in Iran and Venezuela, I am asking that Saudi Arabia increase oil production, maybe up to 2,000,000 barrels, to make up the difference...Prices to high! He has agreed!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) June 30, 2018

Bir hafta avval OPЕK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvni saqlab qolishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashgan edi. Qazib olish hajmini faqat ikkinchi yarim yillikda, hozirgi darajadan 1 million barrelgacha ko‘proq darajada oshirish niyati bor edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют