» » Olimpiada mash’alasi yoqildi. Tadbir muxlislarsiz o‘tkazildi

Olimpiada mash’alasi yoqildi. Tadbir muxlislarsiz o‘tkazildi


Gretsiyaning qadimiy Olimpiyasida 12-mart, payshanba kuni Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiada o‘yinlarining mash’alasi yoqildi.

2020-yilgi yozgi o‘yinlarning ilk mash’alachisi pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha Olimpiada sovrindori Anna Korakaki bo‘ldi. Olimpiya mash’alasi estafetasi yaqin kunlar ichida Gretsiyada bo‘lib o‘tadi, 19-mart kuni esa mash’ala Tokio Olimpiadasi ijroqo‘miga topshiriladi.

Koronavirus sabab yuzaga kelgan vaziyat tufayli marosim 1984-yildan beri ilk bor tomoshabinlarsiz o‘tdi. Ushbu tadbirda jami 100 kishi qatnashdi, ular ichida Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax ham bor.

The Olympic flame has been lit. #Tokyo2020 ????#OlympicTorchRelay #UnitedByEmotion pic.twitter.com/3ofUWWMeI2

— #Tokyo2020 (@Tokyo2020) March 12, 2020

Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют