» » Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari uchun medallar eski gadjetlardan yasaladi

Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari uchun medallar eski gadjetlardan yasaladi


Tokioda 2020-yilgi Yozgi Olimpiada tashkilotchilari 2019-yilning mart oyi oxiriga qadar medallarni qayta ishlash uchun eski gadjetlarni to‘plashni rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Medallar eski smartfonlar, kameralar, noutbuklar va ko‘chma konsollarning rangli metallaridan yasaladi.

Tokioda ekologik jihatdan qulay bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash 2017-yildan buyon boshlangan. Tashkilotchilar bir necha marta mahalliy aholidan ishlatilmayotgan gadjetlarini topshirishni so‘ragan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Bax Tokio—2020 o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va o‘z telefonini qayta ishlashga topshirgan. Navbatdagi Olimpiya o‘yinlarining medallari qayta ishlangan gadjetlardan olinadigan metalldan tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют