» » FIFA Tokio—2020 Olimpiadasi uchun Osiyoga 4 ta kvota ajratdi. 1 tasi Yaponiyaning o‘ziga tegishli

FIFA Tokio—2020 Olimpiadasi uchun Osiyoga 4 ta kvota ajratdi. 1 tasi Yaponiyaning o‘ziga tegishli


2020-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadada Osiyo mamlakatlari 3 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

FIFA rasmiy sayti OFK uchun 4 ta kvota ajratilganini e’lon qildi. Shulardan biri mezbon Yaponiyaning o‘ziga tegishli bo‘ladi.

Olimpiadaning futbol turnirida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Bunda har bir mamlakat 23 dan katta bo‘lgan uch nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olish imkoniyatiga ega. Turnirda dunyoning 16 ta termasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston olimpiya termasi hozirga qadar Olimpiadaning futbol turnirida ishtirok eta olmagan. So‘nggi ikki saralashdagi muvaffaqiyatsizlik muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgandi. Birida Vadim Abramov jamoasi Toshkentda BAA termasidan shubhali tarzda yengilgan bo‘lsa, ikkinchisida Samvel Babayan shogirdlari raqiblariga aytarli qarshilik ko‘rsata olmagandi.

Tokio—2020 Olimpiadasiga O‘zbekiston termasini kim tayyorlashi hozircha ma’lum emas. Avvalroq yangi prezidentini saylangan O‘FF 10 kun ichida tashkilotning 4 yillik yangi ish rejasini jamoatchilikka ma’lum qilishi haqida xabar bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют