» » O‘zbekiston termasi Polsha, Portugaliya, Belgiya kabilar o‘ynaydigan turnirda qatnashadi

O‘zbekiston termasi Polsha, Portugaliya, Belgiya kabilar o‘ynaydigan turnirda qatnashadi


Dilshod Nuraliyev boshchilik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston U16 terma jamoasi Polshada bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etish taklifini oldi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.

Xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari Vengriya, Belgiya, Norvegiya, Portugaliya, Ruminiya, Ukraina va O‘zbekiston termalari ishtirok etadi. Musobaqa 28-avgust kuni start oladi va 3-sentabr kuni yakuniga yetadi.

Reglament bo‘yicha ishtirokchi sakkiz mamlakat ikki guruhga bo‘lindi. O‘zbekiston U16 termasi uning “A” guruhida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. G‘olib jamoa Polsha — Vengriya o‘yini g‘olibi bilan bellashadi. Mag‘lublar ham o‘zaro kurash olib boradi.

“B” guruhida Norvegiya — Portugaliya va Ruminiya — Ukraina o‘yinlari tashkil qilinadi. Har ikki guruh yakuniga ko‘ra, ularning g‘oliblari o‘zaro to‘qnash kelishi yoki kelmasligi masalasi ochiqlanmagan.

Dilshod Nuraliyev Yevropadagi turnirga 20 nafar futbolchi bilan yo‘l oladi. Uning jamoasi 16-sentabr kuni Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. Polshadagi turnir bu borada tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют