» » Xitoyda koronavirus haqida ilk marta noyabr oyida ma’lum bo‘lgani aniqlandi

Xitoyda koronavirus haqida ilk marta noyabr oyida ma’lum bo‘lgani aniqlandi


Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17-noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda hukumat tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib, South China Morning Post xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda birinchi bo‘lib Xubey provinsiyasida istiqomat qiluvchi 55 yoshli fuqaro koronavirus bilan kasallangan. Noyabr oyida Xitoyda jami to‘qqiz kishi virus bilan kasallangan, biroq hukumat kasallikka chalinganlarning birortasini hozircha “nolinchi bemor” yoki birinchi kasal deb aytmagan.

27-dekabr kuni Xubey provinsiyasidagi shifoxonalardan birining shifokori Chjan Szisyan yangi kasallik koronavirus sabab yuzaga kelganini va mamlakatda 180 kishi uni yuqtirib olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Fevral oyining boshida Uxandagi gospitalda koronavirus xavfi haqida birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan shifokor Li Venlyan koronavirus oqibatida vafot etgan edi.

Lancet tibbiyot jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus inson organizmida 14 kundan ko‘proq — besh haftaga yaqin yoki 37 kungacha saqlanishi mumkin. Bu kabi ma’lumotlar Uxandagi ikkita yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi bemorlarni o‘rganish asosida olingan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют